Biz, o'tgan yilgi barcha rahmatlarni yig'ib, ularni ofis egasiga taqdim qilib, ijara haqining atigi 10 foizini kesib tashlashini so'radik.
Akaxon - biz uchun juda xursand bo'ldi, bizni quchoqlab, baland ovozda - “Sizlar juda yaxshi yigitlar, chunki odamlarga doim yordam berarkansizlar, ularga bepul maslahatlar berasizlar” deb, keyin pichirlab - ijara uchun to'liq to'lovni so'radi)).
Bizlar undan ibrat olmaymiz, shuning uchun Siz so'ragan har qanday:
- BIRINCHI SAVOLGA JAVOB - mutlaqo BEPUL bo'ladi,
- ikkita savolga javob - 30$,
- uchta savolga javob - 50$,
- har bir keyingisi - 50$dan.
———————————————
Bizning kichik maslahatimiz - Sizning katta muammoingiz echimi bo'lishi mumkin, shuning uchun, maslahat uchun 50$ - dengizda bir tomchidey.
———————————————
Biz sizga yordam berish uchun barcha sa'y-harakat/bilimlarimizni ishlatamiz,
Siz - kutgan natija uchun emas, balki ketgizgan vaqtimiz uchun to'lashingiz lozim.
———————————————
Siz uchun qo'ng'iroq qilish = 1 soat 100$, kalkulyator - sarflagan vaqt/daqiqalar narxini aniqlashga yordam beradi.
*Siz liniyada turasiz, biz gaplashamiz = 20% skidka.
———————————————
Agar yoningizda pulingiz bo'lmasa, uyalmang, hammasi yaxshi, biz ham shunday holatlarda bo’lganmiz, so'rang va biz albatta Sizga - eng yaqin bankning manzilini beramiz.
———————————————
Siz juda sahovatli insonsiz, Sizning “oxirida rozi qilaman” deydigon gaplaringiz bizga juda yoqadi, lekin bugungi to’lovni ertaga qoldirmaganingiz ma’qul, oshqozon oldida hijolatda bo'lmaylik.
———————————————
Yodingizda bo'lsin, Siz bilan har doim hizmatlar narxini kelishishimiz mumkin, faqat oxirida emas!